Saxifa xar 1 daқiқada avtomatik yangilanadi.
O'rtoqlik uchrashuvi.
24.07.2022. soat 08:00 | ||
REAL MADRID |
0 : 1 |
BARSELONARafinya (27)
|
JAMOALAR TARKIBI | ||
Tibo Kurtua Antonio Ryudiger Eder Militao David Alaba Federiko Valverde Orelen Tchuameni Eduardu Kamavinga Lukas Vaskes Eden Azar Vinisius Junior Rodrigo |
Mark-Andre ter Shtegen Ronald Arauxo Andreas Kristensen Erik Garsiya Jordi Alba Serxio Buskets Pedri Gavi Robert Levandovski Rafinya Dias Ansu Fati |
|
SARIQ KARTOChKA | ||
Lukas Vaskes (65)
|
Kristiansen (34)
Alba (43) Buskets (52) |
Matn
' |
|
E'TIBORINGIZ UChUN RAHMAT |
90+3' |
|
O'yin yakunlandi. Bu galgi klasiko ham "Barsa"ning g'alabasi bilan yakunlandi. |
90+2' |
|
Dembele 18 metrlardan chap oyoqda zarba berdi. To'p himoyachiga tegib,m maydonni tark etdi. |
90' |
|
Ikkinchi bo'limga 2 daqiqa qo'shib berildi |
89' |
|
Oho! Asensio chap qanotdan uzatma berdi. Dias bosh bilan to'pni darvozaga aniq zarba bera olmadi |
86' |
|
Vuuuh! "Barsa" xavfli qarshi hujum tashkil qildi. Kessiening uzatmasidan keyin Dembele jarima maydoniga kirib zarba berdi. Kurtuadan seyv! |
84' |
|
Dembele qulay vaziyatga qochib ketishi mumkin edi, ammo Nacho unga imkoniyat bermadi |
81' |
|
O'yin tempi biroz tushdi. Tomonlar hujum paytida ko'p xato qilishmoqda |
76' |
|
"Barsa" jarima zarbasini o'yinga kiritdi. To'pni darvozabon egallab oldi |
73' |
|
"Real"da hujum. Qanotdan etkazilgan uzatmani Mariano darvozaga bura olmadi |
70' |
|
"Real"da o'zgarish: Vinisius o'rniga maydonga Mariano Dias, Lukas Vaskes o'rniga Odriosola tushdi |
70' |
|
O'yin nazorati yana "Ko'k-anorranglilar" tomoniga o'tmoqda |
66' |
|
Depay burchakdan uzatma berdi. Serji Roberto bosh bilan zarba berdi. To'p yuqoriga ko'tarilib ketdi |
66' |
|
"Barsa" jarima zarbasini tepdi va burchak zarbasi ishladi |
62' |
|
"Barsa" ham birdaniga 5ta o'zgarish qildi: Ter Shtegen o'rniga Penya, Buskets o'rniga Niko, Pedri o'rniga Serji Roberto, Arauxo o'rniga Dest, Erik Garsiya o'rniga Pike tushirildi. |
61' |
|
"Real"da majburiy o'zgarish: Jarohatlangan Mendi o'rniga Valexo tushirildi |
60' |
|
"Real" safida tajribali futbolchilar paydo bo'lgach, jamoa o'z o'yinini kuchaytirdi |
59' |
|
Vuuuuuh! "Real" ajoyib imkoniyatdan foydalana olmadi. Madridliklar chiroyli kombinatsiya orqali jarima maydoniga kirib borishdi. Vaskesning uzatmasidan keyin Asensio yaqin masofadan darvoza tomon aniq zarba bera olmadi |
52' |
|
Shuningdek, "Madrid" safida Modrich va Nacho ham paydo bo'lganini aytib o'tish lozim |
53' |
|
Buskets sariq kartochka oldi. U Modrichga nisbatan xavfli o'ynadi |
52' |
|
"Barsa" o'z jarima maydoni atrofida qoida buzdi. Kroos ijrosidagi jarima zarbasi noaniq bo'ldi |
46' |
|
"Real"da ham o'zgarishlar bo'ldi: Ryudiger o'rniga Mendi, Kamavinga o'rniga Toni Kroos, Valverde o'rniga Kazemiro, Rodriigo o'rniga Asensio tushirildi |
46' |
|
Ikkinchi taym start oldi |
46' |
|
Ikkinchi bo'lim boshlanish arafasida. Jamoalar tarkibida o'zgarishlar bo'lmoqda. "Barselona"da Fati o'rniga Usmon Dembele, Pedri o'rniga Frenki de Yong, Gavi o'rniga Frank Kessie tushirildi |
45+2' |
|
Birinchi bo'lim yakunlandi. Tanaffus. Hozircha "Real" - "Barsa" - 0:1. |
45+1' |
|
David Alaba jarimadan zarbani juda noaniq yo'lladi |
44' |
|
Ushbu qoidabuzarlik natijasida ikki jamoa futbolchilari o'rtasida janjal boshlanib ketdi. Vaziyat bir amallab bosti-bosti qilindi |
43' |
|
Alba sariq kartochka oldi. U oldinga intilayotgan Vinisiusni ochiqchasiga yiqitdi |
42' |
|
Rodrigo o'ng tomondan yorib kirib, darvoza yaqiniga pas berdi. Ter Shtegen to'pni egalladi |
42' |
|
"Real"dan qarshi hujum. Valverde 16 metrdan aniq zarba bera olmadi |
40' |
|
Rafinya o'ng qanotdan jarima maydoniga uzatma berdi. Tibo to'pni egallab oldi |
38' |
|
Vinisius o'z qanotida himoyachini aldab o'tib ketdi va jarima maydoniga kirdi. Ammo so'nggi pas yoki zarbani qoyillata olmadi |
34' |
|
Levandovski 17 metrdan zarba berdi. To'p Ryudigerga tegib yuqoriga ko'tarildi. Ter Shtegenni to'pni egallab oldi |
32' |
|
Vuuuuh! Levandovski darvozani ishg'ol qilishga yaqin keldi. Rafinyannig uzatmasidan keyin Robert 8 metrdan to'pni darvoza tomon burdi. To'p himoyachiga tegib, maydonni tark etdi |
31' |
|
Albaning uzatmasidan keyin Fati bosh bilan aniq zarba bera olmadi |
27' |
|
GOOOOOOOL! Rafinya Dias, 0:1! Kataloniyaliklar raqib jarima maydoni atrofida bosim uyushtirishdi. Natijada Militao xatoga yo'l qo'ydi. To'pni egallagan Rafinya 18 metrlardan kuchli zarba berib, to'pni "to'qqizlik"ga joylab qo'ydi |
26' |
|
Ryudiger 20 metrlardan zarba yo'llashga muvaffaq bo'ldi. Ammo noaniq |
25' |
|
Rafinya burchakka yaqin joyda ishlatilgan fol uchun jarima zarbasini amalga oshirdi. "Real" himoyachilari to'pni bosh bilan qaytarishdi |
20' |
|
Ehhhhh, Ansu Fati! Qanday qilib 100 foizlik imkoniyatdan foydalana olmadi?! Kamavinga qo'pol xato qo'yib o'z jarima maydoni ichida to'pni raqibga oldirib qo'ydi. Alba darvoza oldida turgan Fatini to'p bilan ta'minladi. Kurtua oldinga yugurib chiqdi. Fatining olis masofaga bergan zarbasidan so'ng to'p ustun yonidan o'tib ketdi... |
19' |
|
"Madrid" raqibning dastlabki daqiqalardagi bosimidan chiqib, o'zi ham hujumga o'tmoqda |
18' |
|
Vuuuuuh! Valverde kutilmaganda uzoq masofadan zarba yo'lladi. To'p ustunga tegib qaytdi. Ter Shtegen to'pga tashlandi-yu, ammo eta olmasdi |
13' |
|
"Real"dan ilk xavfliroq hujum. Azar chap qanotdan to'pni jarima maydoniga etkazdi, kataloniyaliklar xavfni bartaraf etishdi. |
11' |
|
"Barsa"dan ajoyib hujum. Levandovski maydon markazida himoyachidan qochib ketib, jarima maydoniga keldi va o'tkir burchak ostida zarba berdi. Kurtua to'pni maydondan tashqariga chiqarib yubordi |
10' |
|
Rafinya va Ryudiger o'rtasidagi yakkama-yakka kurashda Antonio ustun keldi |
8' |
|
"Qirollik klubi" maydon markazida to'pni raqibga berib qo'yishdi. Ammo Fati imkoniyatdan foydalana olmadi. U raqib jarima maydoni atrofida to'pni yo'qotdi |
6' |
|
To'p nazorati ko'proq kataloniyaliklar tomonida bo'lmoqda |
4' |
|
Bu safar Fati chap qanotdan raqib jarima maydoniga kirdi, ammo uzatmasi aniq bo'lmadi |
3' |
|
"Barsa" o'ng qanotdan xavfli hujum tashkil qildi: Rafinya himoyachini aldab o'tib jarima maydoniga kirdi va darvoza yaqiniga uzatma berdi. Madridliklar qiyinchilik bilan to'pni maydon markaziga tepib yuborishdi |
2' |
|
Levandovski maydon markazida Kamavinga nisbatan fol ishlatdi |
1' |
|
Uchrashuv boshlandi. To'pni "Madrid" o'yinga kiritib berdi. |
' |
|
Yangi mavsumga tayyorgarlik ko'rayotgan «Real» va «Barselona» klublari bugun o'zaro o'rtoqlik uchrashuvini o'tkazishmoqda. O'yinga qiziqish yuqori |
' |
|
Assalomu alaykum, qadrli futbol muxlislari! AQShning Las-Vegas shahrida el-klasiko boshlanish arafasida |