Saxifa xar 1 daқiқada avtomatik yangilanadi.
U23. Osiyo Kubogi.
O'zbekistonUlug'bek Hoshimov
|
1 : 0 |
Turkmaniston |
JAMOALAR TARKIBI | ||
1. Abduvohid Ne'matov 3. Doston Tursunov 5. Muhammadqodir Hamraliev 7. Hojimat Erkinov 10. Jasur Jaloliddinov 11. Otabek Jo'raqo'ziev 13. Eldor Begimov 16. Alibek Davronov 17. Diyor Xolmatov 20. Husayn Norchaev 23. Abduraf Bo'riev |
22.Rasul Chariev 2.Ixlas Toyjanov 6.Roman Galkin 7.Rahman Miratberdiev 8.Mirza Beknazarov, 9.Begenchmirat Miradov 10.Meylis Diniev 11.Shamammet Hadyrov 15.Dovran Berdiev, 19.Arzuvguli Saparguliev, 23.Velmirat Ballakov. |
|
ZAHIRA | ||
12.Vladimir Nazarov 21.Hamidullo Abdunabiev 2.Saidazamat Mirsaidov 4.Abubakr Rizo Turdialiev 15.Odilbek Abdumajidov 16. Shahzod Toirov 6. Jaloliddin Sodiqov 8.Ibrohim Ibragimov 9.Ulug'bek Hoshimov 14.Abbosbek Fayzullaev 19.Ruslanbek Jiyanov 22.Alisher Odilov. |
1.Botir Gayliev 3.Oraz Orazov 4.Vepa Jumaev 5.Ruslan Tadjiev 12.Ambyar Mahmudov 13.Arslan Saparov 14.Teymur Chariev 16.Rustem Ahalliev 17.Dayanch Meredov 18.Rovshen Bayliev 20.Xodjanazar Gurbanov 21.Begmurad Arbatov |
|
SARIQ KARTOChKA | ||
Odilbek Abdumajidov
|
Begenchmirat Miradov
Velmirat Ballakov |
Matn
90+5 ' |
|
Xakam xushagi chalindi. O'yin 1-0 hisobida yakunlandi. O'yindagi yagona gol 75 daqiqada Ulug'bek Hoshimov tomonidan kiritildi. |
90+4' |
|
Velmirat Ballakov xakam tomonidan ogohlantirildi. |
90+' |
|
O'yinga 5 daqiqa vaqt qo'shib berildi. |
90' |
|
Turkmaniston futbolchilari yaqin masofadan jarima zarbasini yo'llashdi. Abduvoxid Nematov zarbani bartaraf etdi. |
88' |
|
Raqiblarimiz juda havfli zarba yo'llashdi. To'p darvoza to'siniga tegdi. |
86' |
|
Odilbek Abdumajidov sariq kartochkaga loyiq ko'rildi |
83' |
|
Raqiblarimiz burchak zarbasi tepish huquqiga ega bo'ldi. |
79' |
|
Alibek Davronov o'rniga Odilbek Abdumajidov maydonga tushirildi |
79' |
|
Uchrashuvda to'htalish yuzaga keldi. Himoyachimizga tibbiy yordam ko'rsatilmoqda. |
75' |
|
Ulug'bek Hoshimov penaltidan unumli foydalanib o'yinda hisobni ochdi. |
74' |
|
Hamyurtlarimiz penalti tepish imkoniga ega bo'lishmoqda. |
73' |
|
Termamiz ko'plab hujumlar uyushtirmoqda ammo zarbalar darvoza tomon etib borishi ham mushkul bo'lmoqda. |
70' |
|
Ruslan Jiyanov va Abbos Fayzullaev maydoga tushishmoqda. Ular Jasur Jaloliddinov va Husayn Norchaevni almashtirishdi. |
65' |
|
Jaloliddinovdan uzoq masofadan zarba yo'lladi ammo noaniq. |
63' |
|
Termamiz tarkibida Diyor Xolmatov, Otabek Jo'raqo'ziev almashtirildi. Ularning o'rniga Ibrohim Ibragimov va Ulug'bek Hoshimov o'yinga qo'shildi. |
61' |
|
O'yin tempi ancha pasaydi. Hamyurtlarimiz endi to'liq hujumga o'tishga hozirlik ko'rmoqda. |
55' |
|
Husayn Norchaevdan bugun omad yaqqol yuz o'girmoqda. Uning zarbalari darvozaga kirishni istamayapti. |
53' |
|
Termamiz raqib darvozasi yonida asosiy vaqtini o'tkazmoqda. Afsuski yo'llangan zarbalar darvozaga kirishni istamyapti. Diyor Xolmatovning ajoyib zarbasini darvozabon qayarib yubordi. |
50' |
|
Jamoamizda yaxshi vaziyat. Yaqin masofadan jarim tepish imkoniga egamiz. |
45' |
|
Ikkinchi taymga bir necha daqiqadan keyin start beriladi. Futbolchilar maydonga chiqib kelishmoqda. Hakam hushtagi chalindi. o'yinning 2 taymi boshlandi. |
45+3 ' |
|
Birichi taym o'z nihoyasiga etdi. hisob 0-0 |
45' |
|
Birinchi bo'limga 3 daqiqa vaqt qo'shib berildi. |
37' |
|
Raqiblarimiz darvozaboni jiddiy jarohat olgan bo'lishi mumkin. U darvoza tomon ketayotgan to'pni qaytarish chog'ida ustun bilan to'qnashdi. |
35' |
|
Husayn Norchaev raqib darvozabonidan to'pni olib qo'yishiga bir bahiya qoldi. |
34' |
|
Husayn Norchaev juda qulay imkoniyatdan foyladana olmadi. Uning yo'llagan zarbasi biroz noaniq bo'ldi. |
29' |
|
Burchak to'pidan uzatilgan to'pni Bo'riev darvozaga to'g'irlab qo'yishga harakat qildi, ammo Turkmaniston darvozaboni zarbani bartaraf etdi. |
27' |
|
Jasur Jaloliddinov raqib jarima maydonchasi yaqinidan zarba yo'lladi. Tup rikoshet holatida darvoza to'sinining yonginasidan o'tib ketdi. |
23' |
|
Begenchmirat Miradov sariq kartochka oldi. U Hojimat Erkinovga nisbatan maydon markazida qo'pollik ishlatdi. |
21' |
|
Raqiblarimiz to'p nazoratini qo'lga olishga intilmoqda. |
16' |
|
Hojimat Erkinov raqib darvozasini ishg'ol qilgan edi. Ammo unga uzatilayotgan to'p avval maydon tashqarisiga chiqib ulgurgan ekan. |
14' |
|
Alibek Davronov super imkoniyatni ko'kka sovurdi. |
13' |
|
Raqiblarimiz ham faollashib qolishdi. O'yin biroz markazga ko'chdi. |
10' |
|
Shamammet Hadyrov Turkamnistonning birinchi zarbasiga mualliflik qildi. Darhaqiqat uning yo'llagan to'pi darvozamiz yuqorisidan o'tib ketdi. |
7' |
|
Uxxxxxx! Otabek Jo'raqo'ziev birga-bir vaziyatga chiqib bordi. Ammo u zarba yo'llashga kechikdi. |
5' |
|
Xolmatov burchak to'p ishlab oldi. Yoshlarimiz o'yinni yaxshi boshlashdi. |
3' |
|
Diyor Xolmatov raqibga nisbatan qo'pol o'ynadi. |
2' |
|
Hamyurtlarimiz havfli hujum yaratdi. Ammo Diyor Holmatovning uzatmasini darvozabon bartaraf etdi. |
1' |
|
Xakam hushtagi chalindi. O'yinga start berildi. Hamyurtlarimiz to'pni o'yinga kiritishadi. |
0' |
|
Terma jamoamiz ko'k rangli libosda maydonga to'shishsa, mehmonlar o'yinni oq rangli libosda o'tkazishadi. |
0' |
|
Jamoalar maydonga olqishlar sadosi ostida chiqib kelishmoqda. Yigitlarimizga omad tilaymiz! |
0' |
|
Stadion osmonida mushaklar otilmoqda. Yurtimiz ushbu futbol bayramiga yuqori darajada tayyorgarlik ko'rgani sezilib turibdi. |
0' |
|
Ochilish marosimidagi atmosfera shunchaki daxshat! Hamyurtlarimiz ham bizni xursand qiladi degan umiddamiz. Uchrashuv boshlanishiga sanoqli daqiqalar qolmoqda. |