Saxifa xar 1 daқiқada avtomatik yangilanadi.
O'zbekiston Superliga, 2-tur
. Bosh hakam: Rustam Lutfulin | ||
"Paxtakor"Cheran (52)
|
1 : 0 |
"Neftchi" |
JAMOALAR TARKIBI | ||
Quvvatov Alijonov Larin Xadjiev Sayfiev Hamrobekov Sobirxo'jaev Aliboev Turg'unboev Erkinov Cheran (C). |
To'raev Ubaydullaev A. G'ofurov Stoykovich M.G'ofurov To'raev Qilichev Ismoilov Esich G'ulomov Hoshimov |
|
ZAHIRA | ||
Suyunov Rashidov Sharkich Roziev A'zamov Xolmatov Yoqubov Fayzullaev Mirahmadov |
Muhammadjonov Qo'ziev Karimov Abdullajonov H.G'ofurov Abdullaev Olimov Sarich Stanoevich. |
|
SARIQ KARTOChKA | ||
Larin (82)
|
A. G'ofurov (28)
Ubaydullaev (52) Qilichev (56) H. G'ofurov (74) To'raev (88) |
|
QIZIL KARTOChKA | ||
Ismoilov (21)
|
Matn
90+3' |
|
Uchrashuv yakunlandi |
90+1' |
|
"Neftchi"da G'ulomov o'rniga Abdullajonov tushirildi |
90' |
|
Ikkinchi taymga 3 daqiqa qo'shib berildi |
88' |
|
Lutfulla To'raev ogohlantirildi |
87' |
|
"Neftchi"da standart vaziyat. Husniddin G'ofurov uzatib bergan to'pni toshkentlik futbolchilar qiyinchilik bilan qaytardi |
85' |
|
Husniddin G'ofurov uzoqdan kuchli zarba yo'lladi. Ammo Quvvatov to'pni xotirjamlik bilan ushlab oldi |
82 ' |
|
"Paxtakor" futbolchisi Larin ogohlantirildi |
80' |
|
"Neftchi" ham o'z omadini raqib jarima maydonidan qidirmoqda. Lekin hozircha xavfli hujumlar kuzatilmayapti |
74' |
|
"Neftchi" a'zosi Husniddin G'ofurov ogohlantirildi. |
74' |
|
"Neftchi"da o'zgarish. Ubaydullaev o'rniga Sarich, Esich o'rniga Qo'ziev maydonga tushirildi |
70' |
|
Hojimat Erkinov birga-bir vaziyatdan foydalana olmadi |
69' |
|
Sardor Rashidov maydonga tugan zahoti xavfli hujumda qatnashdi va u tepgan to'pni Akbar To'raev qiyinchilik bilan qaytarib qoldi |
67' |
|
"Paxtakor"da birdaniga ikkita o'zgarish. Turg'unboev o'rniga Rashidov, Sobirxo'jaev o'rniga Sharkich tushirildi |
65' |
|
"Paxtakor" o'yinda to'lig'icha ustunlik qilmoqda. "Neftchi" darvozaboni To'raev yaqqol goldan jamoasini saqlab qoldi |
61' |
|
"Neftchi" tarkibida o'zgarish. Ulug'bek Xoshimov o'rniga Izzatilla Abdullaev, Oybek Qilichev o'rniga Husniddin G'ofurov maydonga tushirildi. |
59' |
|
Cheranning ajoyib uzatmasidan keyin Sayfiev zarba berdi, to'pni To'raev egallab oldi |
56' |
|
"Neftchi"da ikki futbolchi ogohlantirildi. Ubaydullaev va Qilichev hakam tomonidan sariq kartochkaga loyiq ko'rildi |
52' |
|
Goooooooooool. Dragan Cheran. Alijonov o'ng qanotdan jarima maydoniga yorib kirdi va to'pni Draganga aniq oshirdi. Cheran esa to'pni darvozaga shunchaki kiritib qo'ydi |
48' |
|
Dastlabki daqiqalardan "Paxtakor" hujumkor o'yin namoyish etmoqda |
45' |
|
Qadrli do'stlar, "Paxtakor" - "Neftchi" uchrashuvi ikkinchi bo'limi boshlanmoqda |
45+2' |
|
Qadrli do'stlar, uchrashuvningbirinchi taymi yakunlandi. "Paxtakor" - "Neftchi" hozircha - 0:0 |
45' |
|
Birinchi taymga ikki daqiqa qo'shib berildi |
44' |
|
Farg'ona klubining jarimadan yo'llagan zarbasi o'z manziliga etib bormadi |
43' |
|
Aliboev "Neftchi" futbolchisiga nisbatan qoida buzdi |
41' |
|
"Neftchi" Akbar To'raev kichik jarohat oldi. Shifokorlar unga yordam berdi |
39' |
|
Ikrom Aliboevning jarimadan yo'llagan zarbasidan so'ng himoyachi to'pni qiyinchilik bilan qaytardi |
36' |
|
Erkinov darvozabonni aldab o'tib, to'pni tepdi, biroq zarba kuchsiz chiqqani sababli himoyachi to'pni qaytarishga ulgurdi |
33' |
|
"Paxtakor" har ikki qanotdan faol tarzda hujum qilmoqda. Ammo mezbonlar safida vaziyatni yakunlaydigan futbolchi etishmayapti |
30' |
|
"Paxtakor" jarima zarbasi ijro etdi. Ikrom Aliboev tepgan to'p jonli devorga tegdi. Qaytgan to'pga Alijonov zarba berdi, ammo u tepgan to'p ancha noaniq |
28' |
|
"Neftchi" a'zosi Abror G'ofurov ogohlantirildi |
25' |
|
"Neftchi" bir kishi kam bo'lib qolganidan keyin biroz himoyaviy o'yin ko'rsatmoqda. Ular endi o'z omadini qarshi hujumda sinab ko'radi |
21' |
|
Ismoilov vaziyati VARda ko'rib chiqildi va hakam futbolchini maydondan chelatildi |
19' |
|
"Neftchi" futbolchisi Abror Ismoilov ogohlantirildi. U to'p uchun kurashda "Paxtakor" futbolchisi oyog'iga jiddiy zarba berib yubordi |
17' |
|
Aziz Turg'unboev "Paxtakor"ning hujumini rivojlantirishga harakat qildi, lekin "Neftchi" himoyachilari uni vaqtida zararlantira oldi |
15' |
|
"Neftchi" ham qarshi hujumda omadini sinab ko'rdi. Farg'onaliklar hujumchisi tepgan to'p darvoza ustuni yonidan o'tib ketdi |
13' |
|
"Paxtakor" o'ng qanot bo'ylab hujum uyushtirdi. Lekin "sherlar"ning hujumi uzilib qoldi |
10' |
|
Superliganing 1-turida har ikki jamoa ham g'alabani tantana qilgan. "Neftchi" "Vodiy derbisi"da "Qo'qoon-1912"ni minimal hisobda g'alaba qozongan bo'lsa, "Paxtakor" safarda "Dinamo"dan ustun kelgan. Bugungi bahsda qaysidir yoki har ikki klub ham ochko yo'qotishi aniq! |
07' |
|
To'p nazoratida biroz ustunlik "Paxtakor" tomonda, lekin "Neftchi"ning qarshi hujumlari xafli bo'lmoqda |
05' |
|
"Neftchi" gol urgan edi, ammo hakam hujumda fol qayd etildi deb, golni inobatga olmadi |
03' |
|
"Paxtakor" pozitsion hujumga o'tishga urinib ko'rmoqda. |
01' |
|
Uchrashuv boshlandi |
00' |
|
Qadrli do'stlar,jamoalar maydonga chiqib kelishmoqda |
00' |
|
Assalom-u alaykum, qadrli futbol ishqibozlari. Bugun O'zbekiston Superligasi 2-tur uchrashuvlari davom ettiriladi. Toshkentdagi "Markaziy" stadionida "Paxtakor" Farg'onaning "Neftchi" jamoasiga qarshi bahs olib boradi. Quyidagi uchrashuvni saytimiz orqali matnli translyatsiya shaklida kuzatib borishingiz mumkin |