Saxifa xar 1 daқiқada avtomatik yangilanadi.
O'zbekiston Superligasi 1-tur
Superliga-2022 | ||
Olimpik |
0 : 0 |
Surxon |
JAMOALAR TARKIBI | ||
12.Vladimir Nazarov, 2.Saidazamat Mirsaidov, 7.Ruslanbek Jiyanov, 9.Temur Mamasidiqov, 10.Farruh Muxtorov, 11.Otabek Jo'raqo'ziev, 19.Dostonbek Tursunov, 21.Muhammadaziz Ibrohimov, 44.Shahzod Toirov, 47.Humoyun Sherbo'taev, 70.Abubakr Rizo Turdialiev. |
25.Xaver Ximenes, 2.Zoir Jo'raboev, 3.Bobirjon Akbarov, 7.Islomjon Toshpo'latov, 8.Baxtiyorjon Qosimov, 10.Murodbek Bobojonov, 11.Luis Migel, 19.Nuriddin Hasanov, 20.Iqbol Malikjonov, 33.Tohirjon Shamshiddinov, 66.Behruz Shaydulov. |
|
ZAHIRA | ||
1.Shukron Yo'ldoshev, 4.Eldorbek Begimov, 5.Muhammadqodir Hamraliev, 8.Bektemir Abdumannonov, 22.Po'latxo'ja Xoldorxonov, 23.Abdurauf Bo'riev, 28.Sunnatulloh Hamidjonov, 77.Davron Anvarov, 99.Muhammadali G'iyosov. |
35.Shohruh Eshbo'taev, 6.Jahongir Ahmadov, 9.Zohir Pirimov, 13.Miroslav Markovich, 23.Abdulaziz Yusupov, 26.Ulug'bek Abdullaev, 55.Sharofiddin Shobirov, 60.O'ral Choriev, 99.Kamron Saydazimov. |
Matn
90+' |
|
Kelasi uchrashuvlargacha ko'rishguncha! Salomat bo'ling |
90+' |
|
Uchrashuvga yakun yasaldi. Dastlabki turda har ikkala jamoa ham 1 ochkodan bo'lishib oladigan bo'ldi. |
90+' |
|
Vuxxxxxx! so'nggi daqiqalar yonmoqda. Shohruh Eshbo'taev shundoqqina darvoza tagidagi to'pni tepib yubora olmadi |
90' |
|
Ikkinchi bo'limga 4 daqiqa qo'shib berildi |
88' |
|
Uhhhhhh! Bektemir Abdumannonov qarshi hujumni gol bilan yakunlay olmadi. Muxlislarning hafsalasi pir bo'ldi |
83' |
|
Surxon yana bir birga bir imkoniyatni yo'qqa chiqardi |
79' |
|
Olimpik a'zosi Muhammadqodir Hamraliev ogohlantirildi |
77' |
|
Zarbaaaaa! G'iyosov darvozabondan qaytgan to'pni to'rga yo'llashda adashdi |
77' |
|
Surxon darvozasi yonida xavfli vaziyat! Himoyachi butsasi bilan raqibini shikastladi. Standartni Davron Anvarov amalga oshiradi |
73' |
|
Xavfliiiii!!! Sharofiddin Shobirov jarima maydonchasi ichida dribling ishlatib, zarba yo'lladi, biroq noaniq |
69' |
|
Mehmonlar tarkibida ikkita o'zgarish amalga oshirildi. Murod Bobojonov o'rniga Sharafiddin Sobirov, Luis Migel o'rniga esa Abdul Aziz Yusupov bahsga qo'shildi. |
69' |
|
O'yin tempi ancha sokinlashgan. Har ikkala jamoa ham hujum uyushtirishda ancha ehtiyotkor rejimga o'tishgan |
64' |
|
"Surxon" futbolchisi Nuriddin Xasanov o'rniga Miroslav Markovich o'yinga qo'shildi. |
63' |
|
Xavfliiiii! Bu safar Olimpik futbolchisi birga bir imkoniyatdan unumli foydalana olmadi. Darvozabon oldinga chiqib to'g'ri qaror qabul qildi |
61' |
|
OGOHLANTIRISh. Surxon a'zolari yana qo'pol o'ynashda davom etadi. Bu safar Luis Migel ogohlantirildi |
59' |
|
Surxonning navbatdagi hujumi besamar yakunlandi. Chap qanotdan uzatilgan to'pni ushlashda darvozabon xatoga yo'l qo'ydi, biroq bundan mehmonlar unumli foydalana olmadi |
57' |
|
Ehhhhhh, Nuriddin Hasanov katta bo'shliqda oldinga chiqib borishi mumkin edi, biroq uning sherigi to'pni himoyachidan o'tkaza olmadi |
55' |
|
Bobirjon Akbarov ogohlantirildi |
53' |
|
Xavfliiiiii! Surxon a'zosi birga bir holatga chiqib ketishi mumkin edi, biroq darvozabon o'z o'rnida |
49' |
|
Mezbonlar ikkinchi taymni ancha faol boshladi. Burchak zarbalari noaniq ketmoqda |
46' |
|
Olimpikda O'ZGARISh: Turdaliev va Mamasidiqov maydonni tark etdi, ularning o'rniga Abdumannonov va Hamraliev maydonga tushdi |
45' |
|
Ikkinchi taym boshlandi. Qizg'in bo'lim bizni kutmoqda |
45+' |
|
Bosh hakam birinchi bo'limga yakun yasadi. Bizda hisob ochilmadi — 0:0. Tanaffus! |
45+' |
|
Ehhhhhhhhhhhh! Otabek Jo'raqo'ziev birga bir vaziyatni yo'qqa chiqardi. Biroq yon hakam ofsaydni ko'rsatmoqda |
45+' |
|
Qo'shib berilgan daqiqalarni mezbonlar ancha faol o'tkazmoqda. Burchak zarbasi noaniq ko'rinish oldi. Ispaniyalik posbon to'pni sheriklariga uzatib, jamoasi hujumini boshlaydi |
45' |
|
Bosh hakam birinchi bo'limga 4 daqiqa qo'shib berdi. O'yinda to'xtalishlar bo'ldi. Ikki marta VAR ko'rib chiqildi. |
43' |
|
Xavfliiiiii! Murod Bobojonovning jarima maydoni tashqarisidan yo'llagan zarbasini Olimpik darvozaboni tutib oldi. Mezbon jamoa muxlislari ancha sergak tortdi |
40' |
|
Afsus! Jamoalar o'zlari yaratgan xavfli hujumlarni yakunlash borasida ancha qiyinchiliklarga duch kelmoqda. Hisobni ochish hech kimga nasib etmadi |
36' |
|
Zarbaaaaaaaaaa! Hey bola hey. Murod Bobojonov birga bir imkoniyatni ko'kka sovurdi. Parashut uslubi o'xshamadi |
35' |
|
O'yin tempi fantastik darajada. Surxon nazoratni qo'lga olishga intiladi |
33' |
|
Uxxxxxxxx! Zarbaaaaa! Surxon ketma ket burchak zarbasini amalga oshirdi. Murodbek Bobojonovning darvoza yaqinidan yo'llagan zarbalari goh himoyachiga, goh darvozabonga tegib, to'rga borib tushmadi |
29' |
|
Eslatib o'tamiz, Olimpik uy bahslarini Paxtakor stadionida o'tkazadi. Surxon esa Dinamo stadionida o'yinlarni olib boradi |
26' |
|
Bosh hakam Surxon futbolchisiga qizil kartochka ko'rsatish borasida VARni kuzatdi. Hammasi joyida. Fol qizilga tortmaydi |
24' |
|
Bizda ilk sariq kartochka! Baxtiyorjon Qosimov sherigiga nisbatan o'ta qo'pol harakat qildi. U raqibini tirsak bilan urib yubordi |
22' |
|
Eslatib o'tamiz, Surxonda Alaves tarbiyalanuvchisi hisoblangan posbon darvozani qo'riqlamoqda. Hozircha uning seyv ko'rsatishiga imkon bo'lmadi |
19' |
|
Yo'q, bizda xech qanday fol yo'q. Penalti belgilanmadi. Davom etamiz |
17' |
|
O'yinda to'xtalish. Bosh hakam VARni ko'rib chiqmoqda. Surxon futbolchisiga nisbatan fol ishlatilgan bo'lishi mumkin |
17' |
|
Xavfliiiii! Olimpik jarima maydoni ichiga havolatib uzatib berilgan to'pni Abubakr Rizo Turdialiev munosib qaytara oldi. Surxon o'yinga endi temp qo'shmoqda |
15' |
|
Kapadze shogirdlariga o'z uslubini singdirmoqda. Futbolchilar maydonni ko'rishda ancha yaxshi taassurot qoldiryapti. Surxon esa himoyalanish bilan band! |
12' |
|
Mehmonlar ilk xavfli hujumni uyushtirishdi, biroq Nuriddin Hasanovning jarima maydoni tashqarisidan tepgan to'pi ancha noaniq ketdi |
11' |
|
Hozircha Surxon o'z paytini poylamoqda. Bu vaqt oralig'ida raqib bosimiga ham uchrayapti |
10' |
|
Mezbonlar ketma ket hujumlar uyushtirmoqda, biroq debyutant klubda hayajon sezilib turibdi |
07' |
|
Xavfli zarbaaaaaa! Olimpik ilk xavfli hujumni uyushtirdi. Biroq birga bir vaziyatni Saidazamat Mirsaidov yo'qqa chiqardi |
05' |
|
Bahsning 5-daqiqasida Olimpik 1-burchak zarbasiga ega bo'ldi biroq hujum ancha samarasiz yakunlandi |
02' |
|
Uchrashuvni Asker Najafaliev boshchiligidagi hakamlar brigadasi boshqarib bormoqda |
01' |
|
Bosh hakam o'yinga start berdi va Superliganing ilk bahsi boshlandi |
00' |
|
Jamoalar mamlakatimiz madhiyasini kuylashmoqda |
00' |
|
Assalomu alaykum qadrli futbol muxlislari! Birozdan so'ng poytaxtimizdagi Paxtakor stadionida Superliga 1-turidan o'rin olgan Olimpik hamda Surxon jamoalari o'rtasidagi uchrashuv start oladi. O'yinni saytimiz orqali matnli translyatsiya ko'rinishida kuzatib borishingiz mumkin |